понедельник, 30 мая 2016 г.
Surxondaryodagi tarixiy shaharlar: CHAG’ANRUD
XIII asrning ikkinchi yarmida Termizning Chingizxon
talofatidan omon qolgan qismida 865 yilda Balh hokimi vazifasidan bo’shab,
ko’chib kelgan yirik mulk egasu Muhammad (s.a.v) payg’ambarimiz avlodi
sayyidlar Hasan al-Amir dafn qilingan maqbara (hozirgi Sulton Sulton maqbarasi)
tevaragi shahar rivojlanadi.
Surxondaryo tarixi kitobidan: YUNON-BAQTRIYA VA KUSHON PODSHOLIKLARI DAVRIDA SURXON VOHASI
Miloddan avvalgi III asr o'rtalarida Baqgriya satrapligining salavkiylar markaziy hokimiyatiga nisbatan muxolifati kuchayadi. Miloddan avvalgi 250 yilda Baqtriya satrapi Diodot Baqgriya yerlarini Salavkiylar davlatidan ajratib, Yunon-Baqtriya davlatiga asos soladi. Bu davrda Yunon-Baqtriya davlatiga nafaqat Baqtriya yerlari, balki So'g'diyona va Marg'iyona yerlari ham bo'ysuna boshlagan edi.
Surxondaryo tarixi kitobidan: BAQTRIYA YERLARI ERON AHAMONIYLARI VA ISKANDAR ZULQARNAYN SALTANATI TARKIBIDA
Ma'lumki, qadimgi Baqtriyaning hududiy joylashuvi va geografik chegaralari haqidagi masala XIX asrdan boshlab muhim ilmiy muammo sifatida o'rganib kelinmoqda. 1877 yili avstraliyalik sharqshunos V.Tomashek birinchilardan bo'lib Baqtra satrap(hokim)ligining Oksdan shimolga yoyilganligi haqidagi g'oyani ilgari surgan edi. Bu g'oyani arxeologiya ma'lumotlariga asoslangan M.M.Dyakonov rivojlantirdi va «Shimoliy Baqtriya» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. Shu davrdan boshlab bu atama shimoldan Hisor tog' tizmasi, g'arbdan Ko'hitang tizmasi, janubdan Amudaryo, sharqdan Pomir tizmalari bilan chegaralanuvchi keng geografik hududni anglatadigan bo'ldi.
Surxondaryo tarixi kitobidan:SURXON VOHASI ILK TEMIR DAVRIDA. DASTLABKI DAVLATCHILIK BIRLASHMALARINING SHAKLLANISHI
Sopolli madaniyatining inqirozi natijasida vohada yangi bir madaniyat, ya'ni Kuchuktepa madaniyati shakllandi. Kuchuktepa madaniyati Sopolli madaniyatidan sinfiy munosabatlarning yanada kuchayuvi bilan farqlanadi. Kuchuktepa madaniyatida ko'zga tashlanadigan yana muhim bir xususiyat sun'iy sug'orishga asos-langan anhorning barpo qilinishidir. Chunki bronza davrida ziroatkorlik xo'jaligi asosan soy va daryolarning bo'ylarida shakllangan bo'lsa, bu davrga kelib yangi yerlar o'zlashtirildi va anhorlar qazildi. Ana shu xil sug'orish manbalari asosida Sherobod, Bandixon, Sho'rchi dehqonchilik markazlari shakllandi.
Surxondaryo tarixi kitobidan: JEZ DAVRI YUTUQLARI
Inson aql-zakovatining o'sib borishi tabiatga bo'lgan qiziqishni oshirdi. Odamlar endilikda tabiatning sir-asrorlarini o'rgandi, natijada asta-sekin tabiatni o'zlashtirishga kirishib katta mehnat muvaffaqiyatlariga erishdi.Chin (Xitoy), Misr, Hindiston, Bobil (Vavil-Vaviloniya) davlatlari kabi qulay tabiiy iqlimga ega bo'lgan Surxon vohasida ham dehqonchilikni rivojlantirish uchun nihoyatda yaxshi imkoniyatlar mavjud edi. Shu tufayli, tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, miloddan avvalgi III ming yillik oxiri va II ming yillik boshlarida bronza asriga doir mexnat qurollarining takomillashib borishi tufayli Surxondaryoning deyarli hamma joylarida ziroatchilik va chorvachilik yaxshi rivojlangan.
Surxondaryo tarixi kitobidan:TASVIRIY SAN'ATNING PAYDO BO'LISHI. ZARAUTSOY SIRLARI
Kishilik jamiyatining ilk bosqichi bo'lgan tosh asriga oid tosh manbalar, matnlar, bitiklar, turli tasvirlar, rasmlar va ayni chog'da toshdan yasalgan mehnat qurollarining dastlabki namunalari odamlar ijodkorligining natijasidir. Inson tabiat mo''jizalarini va uning sir-asrorlarini tasavvur etish tufayli tirik jonzotlarga taqlid etishgan, ularning qiyofalarini yaratishgan. Inson rasmlar chizish orqali tabiatdagi narsa va hodisalarga o'z ta'sirini o'tkazish yoki undagi asov holatlarni bo'ysundirishga xayolan harakat qilgan.
Surxondaryo tarixi kitobidan: Surxon vohasi tosh asrida
Insoniyat tarixiga nazar
solar ekanmiz, odamlar hayotning ilk bosqichlaridanoq o'ziga xos turmush tarzi
va ba'zi bir moddiy madaniyatga ega bo'lganligiga ishonch hosil qilamiz.
Dunyodagi eng qadimiy inson makoni sifatida ko'plab yodgorliklarga ega Surxon
vohasi nafaqat mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlarda, balki chet el
tadqiqotlarida ham hurmat bilan tilga olinadi. Ana shu ma'noda vohamiz ko'plab
chet ellik va mahalliy olimlarning diqqatini ohanrabodek o'ziga jalb etib kelmoqda.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, vohamizning
insoniyat sivilizasiyasining qadimgi beshiklaridan biri ekanligi isbot
qilindi.
Сурхон воҳасидаги уруғлар: Қўнғирот уруғи
Қўнғирот уруғининг этногенезини ўрганишда тарихий манбаларнинг ўрни беқиёсдир. Чунки
айнан манбалар орқали биз қўнғиротларнинг келиб чиқиши ва уларнинг Ўрта Осиё
ҳудудига кўчиб ўрнашиш тарихини ўрганиш имкониятига эга бўламиз.
Сурхон воҳасидаги уруғлар:Қорлуқлар
Милодий VI-VIII асрларда Сурхон ҳам Тоҳаристон таркибида бўлиб, мавжуд аҳоли ўтроқлашган туркий қабилалардан иборат гуруҳларни ўз ичига олиб, маълум қисми кўчманчи ва ярим кўчманчиликда турмуш кечирган.
Сурхон воҳасидаги уруғлар: Қоратамғали
Қоратамғали-уруғи Сурхон воҳасида оз сонли уруғлардан бири бўлиб, Узун, Сариосиё, Денов туманларини Сурхондарё қирғоқларидаги қишлоқларида истиқомат қилиб, улар асосан қайси йирик уруғларни таркибига кириши аниқ эмас. Бироқ бу уруғ ўзларининг шеваси
антропологик типи бўйича Қўнғирот-юз ва Дурмонлардан деярли фарқ қилмайдилар.
Тадқиқотлар натижасида бу уруғнинг ичида майда уруғлар бор-йўқли ҳам қайд
этилмади.
Сурхон воҳасидаги уруғлар: Қовчин ва Қутчи
Қовчин ва Қутчи-уруғлари XIII-XV асрлар давомида Мовароуннаҳр ҳудудларига кўчиб келган бўлиб, XVI-XVIII асрлар давомида ўтроқлашиб, ярим деҳқончилик билан қолган қисми чорвачилик билан шуғулланар эдилар.
Сурхон воҳасидаги уруғлар: Қатағон уруғи
Қатағон уруғи ҳақида Абдилғозихон, Б.Х.Кармишева, Муҳаммад Солиҳ, Н.Г.Маллицкий, С.М.Абрамзон ва бошқалар ўз асарларида тўхталиб ўтганлар. Абулғозихон
«Шажараи турк» китобида Аланқувони Нурдан уч ўғил Букун қатоғон, Бускун чолчи,
Бузанжир Мунқоқни кўрди. Букун қатағон қатоғон элининг бош бобоси деб
таъкидлайди.
Сурхон воҳасидаги уруғлар: Юз уруғи
Юз уруғи қўнғирот уруғи каби ўзбек элатининг энг катта уруғ ва қабилаларидандир. Х.Дониёров «Ўзбек халқининг
шажара ва шевалари» китобида юзларни уч гуруҳини келтириб ўтади: қарапчи, марқа
боласи, режаб боласи. Албатта Х.Дониёров Тошкент, Сирдарё ва Самарқанд
вилоятларидан олинган маълумотлар асосида юзларнинг уч гурҳини келтириб ўтган.
Сурхон воҳасидаги уруғлар: Турклар
Сурхондарёнинг шимолий шарқий қисимида Шўрчи, Сариосиё, Узун ва Денов туманларида яшаб XIX аср охирида ҳам энг йирик қабила-уруғлардан бири ҳисобланган. Турклар
асосан Сурхондарёнинг ўрта ва юқори оқимларида деҳқончилик, қисман совда-сотиқ
билан шуғулланган.
Сурхон воҳасидаги уруғлар: Кенегас
Кенегас-уруғи этно-сиёсий бирликларни шакллантиришда иштирок этиб, Шайбонийлар қўл остидаги қабилалрни йирик уюшмаларидан бири бўлиб, Мовароуннаҳрга кўчиб келган кўчмачи ўзбекларнинг тарихий тараққиётида алоҳида ўрин тутган.
Сурхон воҳасидаги ўруғлар: Дўрмон
Шарқшунос тадқиқотчи олим И.Магидовични қайд этишича «Дўрмон-мўғуллардан келиб чиққан қабилалар бўлиб, Чингизхон давридан маълум ва улар Жанубий Шарқий Туркистонни истило қилишда мўғуллар таркибида иштирок этган».
Сурхон воҳаси аҳолисининг этник тарихи ва этногенезиси
Сурхон воҳаси
ўзбек халқининг илк аждодлари яшаган қадимий маданият маркази бўлиб, Холчаён,
Далварзинда олиб борилган археологик қазишмалардан топилган манбаларга
асосланиб, милоддан аввалги II мингинчи йиллар ўрталарида бу ҳудуд аҳолиси
ўтроқ холида яшаганлигини илмий асосиди исботлади.
пятница, 27 мая 2016 г.
Ahmedov Rahim Ahmedovich
Rahim Ahmedov (1921-2008) - O’zbekiston xalq rassomi. U «O’zbekiston xalq rassomi» unvoni va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibidir. O’zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov 1921 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1937—1941 yillarda P. Benьkov nomidagi Respublika badiiy o’quv yurtida, 1947—1953 yillarda Sankt-Peterburgdagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutida o’qidi.
Muhammadiyev Toshtemir
1968 yilning 1 mayida Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Kurash bo‘yicha jahon chempioni. "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi (1999 yil). U 1993 yili Termiz shahrida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha birinchi xalqaro turnirda kumush medal sohibi bo‘lgan.
Sirojiddin Sayyid
Sirojiddin Sayyid - iste’dodli va izlanuvchan shoir. U tafakkurining yangiligi, teranligi, ruhiyat shoiri ekanligi bilan e’tiborga sazovor. Uning she’riyatida xalq og‘zaki ijodiga xos sodda, lo‘nda ifoda usuli mumtoz adabiyotimiz ohanglari bilan uyg‘unlashib ketadi. 2006 yilda unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berildi.
Eshqobil Shukur
Eshqobil Shukur she’riyati o‘zining majoziy ranglar, musiqiy ohanglarga limmo-limligi va qadimiy bitiklar asosiga yo‘g‘rilganligi bilan ajraladi. Shoirning dastlabki she’rlaridayoq majoziy obrazlar va xalq she’riyatiga hamohang bo‘lgan musiqiy sadolar eshitilib turdi.
Mirzo Kenjabek
Mirzo Kenjabek shoir, tarjimon. Mirzo Kenjabek fors-tojik mumtoz adabiyotining zarif adiblari, shoirlarning turkum she’rlarini tarjima qilib, kitobxonlarga taqdim etgan. Mirzo Kenjabekning 1982 yildagi birinchi she’riy to‘plami san’atsevarlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan.
Shukur Xolmirzayev
Taniqli adib Shukur Xolmirzayevning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag‘ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi. Talabalik yillarida o‘z qissalari bilan o‘zbek adabiyotiga kirib kelgan adib - Shukur Xolmirzayev adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga.
Shukur 1991 yilda esa O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga musharraf bo‘lgan.
Shukur Xolmirzayev 1940 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topdi. U o‘rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universitetida tahsil oldi.
Shukur Xolmirzayev hozirga qadar kitobxonlarga juda ko‘p hikoyalar, bir necha qissa va romanlarni taqdim etdi.
Shukur Xolmirzayev o‘zbek hikoyachilik san’atining ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘targan yozuvchilardan biridir. Uning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag‘ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi.
Ahmad as-Sag‘oniy
Ahmad as-Sag‘oniyning to‘liq nomi Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad as-Sag‘oniy al-Asturlobiy bo‘lib, O‘rta asr manbalarida «Sag‘aniyan», Fors manbalarida esa «Chag‘oniyon» deb yuritilgan joyda tug‘ilgan. O‘sha davrdagi Sag‘oniyon bugungi Surxondaryo viloyatining Denov shahri atroflarini o‘z ichiga olgan. Olimning tug‘ilgan yili noma'lum.
среда, 18 мая 2016 г.
Юнон-Бақтрия ва Кушон подшоликлари даврида Сурхон воҳаси
Мил. авв. 250 йилда Бақтрия сатрапи Диодот Бақтрия ерларини Салавкийлар давлатидан ажратиб, ЮнонБақтрия давлатига асос солади. Бу даврда ЮнонБақтрия давлатига нафақат Бақтрия ерлари,балки Сўғдиёна ва Марғиёна ерлари ҳам бўйсуна бошлаган эди.
TASVIRIY SAN'ATNING PAYDO BO'LISHI. ZARAUTSOY SIRLARI
Kishilik jamiyatining ilk bosqichi bo'lgan tosh asriga oid tosh manbalar, matnlar, bitiklar, turli tasvirlar, rasmlar va ayni chog'da toshdan yasalgan mehnat qurollarining dastlabki namunalari odamlar ijodkorligining natijasidir.
Искандар истилоси
Эрон аҳамонийларига қарашли кўагина ҳудудларни эгаллаган Искандар мил. авв. 329 йилда ўзининг азалий душмани Доро III ни ўлдиртирган Бақгрия сатрапи Бессдан «қасос» олиш баҳонасида Аракс (Амударё)дан кечиб ўтиб ҳозирги Сурхондарё ҳудудларига бостириб киради. Искандар истилоси арафасида Бақтрия сатраплиги сиёсий, иқтисодий ва маданий жиҳатдан анча ривожланган ўлкалардан бири ҳисобланарди.
Abu Muzaffar Termiziy
U o'z davrining mashhur shayxi va tasavvuf olimlaridan biridir. Alisher Navoiyning yozishicha, Abul Muzaffar Termiziyning sevgan so'zlari ushbular ekan: «Kimki senga yaxshilik qilsa, seni o'ziga yaqinlashtiradi, demak, u seni ipsiz bog'lab oladi, kimki yomonlik qilsa, seni o'zidan uzoqlashtiradi, uzoqlashtirish ipsiz bog'lashdan avlorokdir. Ozodlik yaxshimi, qullik?».
Кушонлар давлати
Юэчжий қабилалари Бақтрия ерларида ўрнашгандан кейин ҳам маълум вақт ягона давлат барпо қила олмаган. Орадан анча йиллар ўтгач, гуйшуан қабиласи сардори Кудзула Кадфиз бешта қабилани бирлаштириб Кушон давлатига асос солган.
ILM-FAN
ILM-FAN
Qadimiy Movarounnahr sarzaminida shuhrat tutib jahon bo'ylab ilmu urfon taratgan Buxoro, Samarqand va Urganch kabi shaharlar sirasiga Termiz shahri ham kiradi. Bunga, eng avvalo, Termiz shahrining qulay geografik joylashuvi ko'p jihatdan omil bo'lib xizmat qilgani sir emas. Boisi, mavj urib oqayotgan asov Oks daryosi sohilida qad ko'targan ko'hna Taramata («Avesto»da Tara Maeta, goho Maetha) shahri o'zining mustahkam mudofaa devorlari bilan jahon fotihlari ahamoniy shoxlar - Kir va Doroni hamda makedoniyalik Iskandar Zulqarnaynlarni lol qoldirgan edi. Termiz shahri Balx shahri kabi zardushtiylik va buddaviylik dinlariga ham maskan, ham Vatan ekani fanda allaqachon o'z isbotini topgandir. Bu ikki shahar mashhur Araks (Amudaryo)ning o'ng va so'l sohillarida joylashgan hamda doimiy ravishda bir-birining ijtimoiy-siyosiy hayotiga o'zaro ta'sir ko'satib turar edi. O'ng sohil shahri Termiz va chap sohil shahri Balx o'z tarixi hamda osori-atiqalari jihatidan qimmatli qirralarni namoyon etadi.
Tarixdan ma'lumki, Termiz qadimdan madaniy va ma'rifiy markaz bo'lib, o'z bag'rida jahon e'tirof etgan buyuk allomalarni voyaga yetkazgan shahardir. Termiz eng muhimi Movarounnahrning Buxoro va Samarqand kabi shaharlarini Sharqda shuhrat tutgan Balx shahri bilan bog'lab turgan. Termiz shahrini uzoq o'tmishdanoq Termizshohlar idora qilgan. Termizni 689 yilda bosib olgan arab qabilasi sardori Muso termizshohni quvib yuboradi. Termizni aynan shohlar idora etishi, ehtimol, bu eroniy-sosoniylar sulolasi bilan bog'liqliklar kasb etardi, zero, hali XI asrlarda ham Termizni termizshohlar idora qilardi. Termiz adabiy va ilmiy muhiti xususida so'z ketar ekan, o'tmishda yaratilgan tazkira, majmua va bayozlarda shu shaharda nash'u namo topgan ilm va qalam ahli ijodidan keltirilgan parchalarda, ma'lumotlarda buning isbotini ko'rish mumkin bo'ladi.
Termizda IX-XII asrlarda dunyoviy ilm bilan birga diniy ta'limot ham ancha taraqqiy etadi. Ilohiyot ilmining hakimiya tariqatiga aynan Termiz shahrida asos solinadi, uning sardaftari Hakim at-Termiziy edi. Zero, hakimiya tariqati keyingi davrlarda boshqa qator o'lka tariqatlariga o'z ta'sirini o'tkazadi. Bu jihatlari bilan Termiz shahri ko'prik vazifasini o'taydi, sababi Termiz birato'la Movarounnahr va Xuroson so'fiylik tariqatlari uchun chorraha edi. Termizda hadis ilmi ham keng rivoj topadi, buyuk muhaddis Abu Iso Imom at-Termiziy bu sohadagi ishlari bilan jahonga mashhur allomalar qatorida turadi.
MADANIY HAYOT (SHAHARSOZLIK VA ME'MORCHILIK)
Kushon imperiyasi inqirozidan so'ng Termiz va Chag'oniyondagi madaniy hayotda ham inqiroz alomatlari ko'zga tashlanadi. Eron Sosoniylari qo'shinlarining IV asr oxirida Shimoliy Toxariston yerlariga yurishi oqibatida, dastavval markaziy shaharlar tanazzulli boshlanadi.
CHAG'ONIYON ADABIYOTI (X-XI asrlar)
Chag'oniyon tarixiga chizgilar. Ko'hna Surxon vohasi qadim Baqtriya davlati tarkibidagi viloyatlar sirasiga kirgan, bu eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarga to'g'ri keladi. Keyingi asrlarda qadim Baqtriya sarhadlarida yangi davlatlar barpo bo'lib, Baqtriya shu yangi davlatlarning tarkibiy qismlariga aylana boshlaydi.
TERMIZ SAYYIDLARI
TERMIZ SAYYIDLARI
Ko'hna shahrimizdan yetishib chiqqan ko'plab buyuk tarixiy siymolarning hayoti va faoliyati Termizning insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirishida asosiy sabab bo'lgan.Ana shunday buyuk tarixiy insonlar orasida Termiz sayyidlari xonadonining namoyandalari ham bor.
Munjik
Abulhasan Ali binni Muhammad Munjik Termiziy o'z davrining yirik shoiri, hajviyotda yalovbardor, beqiyos mashshoq, xushovoz hofiz bo'lib Chag'oniyon amirlari saroyida nash'u namo topadi. Munjik manbalarda Chag'oniyon amirlari Tohir ibn Fazl (hukmronligi 988- 992) va Abul Muzaffar (hukmronligi 992- 1010) larning maddohi sifatida tilga olinadi hamda qasidalarining benihoya badiiyligi maqtaladi.
Termizlik olimlar
ADIB SOBIR TERMIZIY
Sobir Termiziy Shahobidsin ibn Ismoil (1147 yili vafot etgan) mashhur shoir, fors tilida ijod etgan. U zolim amir deb nom chiqargan Termiz amiri Axtitni mayparastlikda ayblab, hajviya yozgan. Sulton Sanjar (1118-1157) sa-royida Marvda ham yashagan. Umrining oxirida Xorazmga boradi va Xorazm shohi Otsiz (1127-1156) uning oyoq-qo'lini bog'lab Amudaryoga cho'ktirib yuboradi.
Varroq at-Termiziy
Varroq at-Termiziy
Bu ulug' zotning ismi-sharifi qadimiy manbalarda quyidagicha bitiladi: Ash-shayx Abu Bakr Muhammad binni Umar al-Hakim al-Varroq at-Termiziy. Ash-shayx va al-Hakim - unvon, Abu Bakr-kunya, Muhammad-ismi, Umar-otalarining ismi, Varroq-taxal-lusidir. At-Termiziy deyilishiga bois, uni boshqa Varroq taxallusli allomalardan farqlash uchun ishlatilgan va shu orqali ul zoti sharifning termizlik ekanligi ta'kidlangan. O'tmishda qadimiy va ko'hna kitoblarni qayta ko'chirish va muqovalash bilan shug'ullangan kishilarga «varroq» deyilgan. Keyinchalik bu istiloh shoir va adiblarga nisbatan ham qo'llana boshlaydi. «Varroq» so'zi arabcha «varoq» so'zidan olingan, Abu Bakrga bu taxallus nima uchun berilgani noaniq, ammo buyuk yurtdoshimizning she'riy devoni borligini mutafakkir Alisher Navoiy e'tirof etadi.
Товка
Товка ёдгорлиги Катта Ўзбек тракти бўйидаги Нондахана мавзесида жойлашган. Ер сатхидан 70 м баландликда қоя устида барпо этилган.
суббота, 14 мая 2016 г.
вторник, 10 мая 2016 г.
среда, 4 мая 2016 г.
воскресенье, 1 мая 2016 г.
An’anaviy taomlari
Voha aholisining an’anaviy taomlari o‘lkaning tabiiy sharoiti va xo‘jalik xususiyatlari ta’sirida shakllangan. Qadimiy o‘troq dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan aholi taomlari bilan yarim ko‘chmanchi va ko‘chmanchi chorvador aholining taomlarida ma’lum farqlar bor.
O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar – Jarqo‘ton yodgorligi
So‘nggi yillarda o‘zbek arxeologlari qadimgi Baqtriya hududida bronza davriga, yani mil.av. II ming yilliklarga oid bir qator yangi yodgorliklar topdiki, bu yodgorliklarning tashqi tuzilishi, topilayotgan moddiy madaniyat namunalarini Qadimgi Sharqdagi, jumladan Mesopatamiya, Xarappa, Markaziy Eronning bronza davri yodgorliklari moddiy madaniyati bilan taqqoslash imkoniyati tug‘ildi.
Ilk temir davri shaharlari
Ilk temir davriga kelib, yani eramizgacha bo‘lgan X-VII asrlarda hududiy davlatlarning shakllanish jarayoni kechgan. Bu davrda shaharlar hududiy davlatlarning markazi sifatida faoliyat etishi kuzatiladi. Qadimgi Baqtriyaning shimoliy qismi bo‘lgan Surxondaryo viloyatida ilk temir davrida uchta hududiy davlatning shakllanganligini kuzatishimiz mumkin. Bular Sherobod, Boysun, Surxon dehqonchilik o‘lkalarida joylashgan «nom» tipidagi hududiy davlatlar bo‘lib, siyosiy markazlari Jondavlattepa, Hayitobodtepa va Qiziltepa shaharlari bo‘lgan.
O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar
Jarqo‘ton yodgorligini va yodgorlikdan topilgan moddiy madaniyat ashyolarini Qadimgi Sharq shahar-davlatlari bilan taqqoslash natijasida er.av. II ming yillikda, yani so‘nggi bronza davrida O‘zbekiston hududada ilk shahar madaniyati shakllangan. Bu yerdan hukmdorlar saroyi, markazlashgan din mavjudligini isbotlovchi olov ibodatxona va boshqa ilk shahar madaniyatiga xos bo‘lgan ashyoviy manbalar topildi. Ular Qadimgi Sharq shaharlari harobalaridan topilgan manbalari bilan solishtirilishi natijasida, Jarqo‘ton egallagan maydoni, yodgorlikning ichki tizimi, yuqori rivojlangan hunarmandchiligi va boshqa sifat belgilariga ko‘ra u shahar ko‘rinishiga ega bo‘lgan yodgorlik ekanligi isbotlandi.
Surxondaryo viloyati tarixi
Surxondaryo viloyati - O'zbеkiston Rеspublikasi tarkibidagi viloyat.1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi bo'lgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qo'shilgan. 1964 yil 7 fеvralda qaytadan tashkil qilindi.Rеspublikaning janubiy-sharqida, Surxon-Shеrobod vodiysida joylashgan. Janubdan Amudaryo bo'ylab Afg'oniston, shimol, shimol-sharq va sharqdan Tojikiston, janub-g'arbdan Turkmaniston, shimol-g'arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chеgaradosh.
ABU ISO AT-TERMIZIY "ILMU AMALI IBRATLI ALLOMA"
Mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziyning shaxsiy hayoti va barkamol ijodining har tomonlama o‘rganilishi tufayli buyuk bobokalonimizning hozirgi davrimiz uchun ham o‘rnak bo‘ladigan ko‘p ibratomuz fazilatlarining guvohi bo‘lamiz. Eng avvalo, at-Termiziyning yoshligidan ilm-fanga g‘oyatda chanqoqligi va zo‘r havas bilan qiziqishi, bu borada har qanday qiyinchiliklarga ham bardosh berib o‘z maqsadi, ya o‘z bilimini oshirish yo‘lidagi jiddu-jahdi katta-katta tahsinga sazovordir.
ABU ISO AT-TERMIZIYNING «AL-JOMI’» VA «ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA» ASARLARIGA YOZILGAN SHARHLAR
- «A’rizat al-Ahvaziy fi sharh al-Jomi’ lit-Termiziy» nomli sharhning muallifi al-Hofiz Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh al-Ashbiliy bo‘lib u Ibn al-Arabiy al-Molikiy (vafoti 1151 yil) nomi bilan mashhur bo‘lgan. Asarning qadimiy to‘liq bir qo‘lyozma nusxasi Madinai Munavvaradagi kutubxonada saqlanadi, boshqa bir qulyozma nusxasi alloma ash-Shayx Rafiy’addin al-Buxoriyning kutubxonasida mavjud. Asar Qohirada ham nashr etilgan bo‘lib, lekin bu nashrda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
- «Sharh al-Jomi’ lit-Termiziy» – Hofiz Abdul-Fath Muhammad ibn Sayyid an-Nos al-Yaamariy ash-Shofi’y (vafoti 1333 yil) uning muallifidir. Muallif asarning uchdan bir qismiga yetgan. Garchand u o‘n jilddan iborat sharh bitgan bo‘lsa-da, uning oxiriga yetkazish uchun fursat topmagan. Sharhning bunchalik cho‘zilib ketishligining boisi shundaki, muallif o‘z asari doirasini faqat hadis faniga aloqador masalalar bilan cheklab qolmay, balki unga boshqa fanlarga doir ma’lumotlarni ham kiritgan.
ABU ISO AT-TERMIZIYNING «AL-ILAL FI-L-HADIYS» ASARI
Imom at-Termiziyning bizgacha yetib kelgan «Al-ilal fil-hadiys» («Hadislardagi illatlar yoki nuqsonlar») nomli muhim asari ikki mustaqil asardan tashkil topgan. Ulardan biri «Al-ilal al-kabiyr» yoki «Al-mufrad» nomi bilan atalgan asari bizgacha yetib kelmagan, degan taxmin bor.
ABU ISO AT-TERMIZIYNING «ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA» ASARI
Abu Iso at-Termiziyning boshqa bir yirik asari «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari») deb ataladi. Bu asar ba’zi manbalarda «Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vassallam», «Ash-shamoil al-Muhammadiya» nomlari bilan ham keltirilgan. Asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid to‘rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o‘ziga jamlagan qimmatli manbadir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, ushbu mavzu payg‘ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p olimlar, muhaddislar shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o‘rin olgan.
ABU ISO TERMIZIY MAQBARASI
Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy
Termiziy Abu Iso Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan xam atalgan.
KOKILDOR OTA XONAQOHI
Kokildor-ota xonaqohi o‘zining arxitekturasi va ajoyib qurilishi bilan farq qiladi. Ushbu gumbazli va ko‘p xonali yodgorlikning old qismi g‘ishtdan ishlangan. Uning qurilishida Sulton Saodat kompleksiga o‘xshab uch pog‘onalik old qismi g‘oyasi qo‘llanilgan. Bino rejasi simmetrik ravishda bo‘lgan. Markaziy o‘qida asosiy kirish va gumbazli katta zaldan iborat ayvon joylashgan. Uning atroflarida, deyarli parallel ravishda oynali ko‘rinishda xonalar joylashgan.To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi kirish markaziy zalga, yon kirish qismlari unga tutash xona va koridorlarga olib borgan. Bino devorlari ganj bilan ishlov berilgan. Binoning ichki xonalarida qabr toshlari bo‘lib, ularning orasida eng kattasi Kokildor otaga tegishli.
PAYG‘AMBAROROL QO‘RIQXONASI
Surxon davlat qo‘riqxonasi- Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining shim. G‘arbiy qismida joylashgan 2 mustaqil may-dondan- Ko‘hitang tog‘ining sharqiy yon bag‘ri va Payg‘ambaroroddan iborat qo‘riqxona.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)