понедельник, 30 мая 2016 г.

Surxondaryodagi tarixiy shaharlar: CHAG’ANRUD


XIII asrning ikkinchi yarmida Termizning Chingizxon talofatidan omon qolgan qismida 865 yilda Balh hokimi vazifasidan bo’shab, ko’chib kelgan yirik mulk egasu Muhammad (s.a.v) payg’ambarimiz avlodi sayyidlar Hasan al-Amir dafn qilingan maqbara (hozirgi Sulton Sulton maqbarasi) tevaragi shahar rivojlanadi.

Termiz shahri bu yerda ham yirik savdo markaziga aylanadi. Hunarmandchilik, ayniqsa zargarlik rivoj topadi. XIV asrda bu yerda nuqra va mis tangalar zarb etiladi. Shaharni qayta tiklaganlar sha’niga unga “Madinat ar-rijol” (“Erlar shahri”) deb nom nisbat beriladi. Bu nom zarb etilgan tangalarda ham qayd etiladi. Shahar bu yerda devorsiz rivojlanadi. Shahar qurilishi ishida mahalliy sayyidlar ham faol ishtirok etishadi.
1333 yili bu yerda mehmon bo’lgan mashhur arab sayyohi ibn Battuta shunday yozadi: “Termiz chiroyli imoratlar va bozori bo’lgan katta shahardir. Uni kanal kesib o’tadi. Unda bog’lar, uzumzorlar juda ko’p, bu shaharda behilar favqulodda mazali. Bu yerda go’sht va sut ko’p. Shahar aholisi hammomlarda boshlarini loy o’rnida qatiq bilan yuvar ekanlar. Aytadilarki, qatiq sochga orom baxsh etadi, uni yumshatadi va yangilaydi. Har bir hammomchida qatiq to’la katta xum turadi. Hammoga har bir kishi kuvachada (kichkina ko’zacha) qatiq solib oladi va u bilan boshini yuvadi”.
XIV asrning 50-yillarida Chig’atoy davlati yemiriladi, o’rniga mahalliy feodadl-ruhoniy sayyidlar sulolasi hukmron bo’ladi. So’ngra shahar Temuriylar davlati tarkibiga  kiradi.
1404 yilda Ispaniya  qiroli Genrix III ning Amir Temurga do’stona munosabatini bildirishga yuborilgan elchisi Don Ryui Gonzales De Klavixo Termizni ko’rib, kattaligiga qoyil qolgandi: “Shaharga kirib, bizga ajratilgan joygacha maydonlardan va ko’p odamli ko’chalardan yuraverib, butunlay charchab ketdik”, deb yozadi. Rivoyatlarga qaraganda, shaharda shu qadar ko’p odam yashaganki, ularning shovqin-suroni go’yoki Balx poytaxtiga eshitilib turgan. Shu boisdan shaharni Shahru g’ulg’ula ham deb atashgan.
1407 yilda Marv kuchaygandan keyin, Amir Temurning nevarasi MIronshohning o’gli Halil Sulton topshirig’i bilan Termiz eski qo’rg’oni qayta quriladi va uning Amudaryo qirg’og’ini suv bilan yuvib ketishidan himoya qilish maqsadida pishiq g’ishtdan poydevor ko’tariladi. Qo’rg’on devorlari qayta tiklandi, g’isht bilan qoplanadi. Qo’rg’on atrofida hayot yangidan qaynaydi. Bu yerda uncha katta bo’lmagan aholi punkti va bozor vujudga keladi, lekin shahar bu yerga ko’chib kelmaydi.
Termiz 1409 yili Amir Temurning o’g’li Shohruh qo’liga o’tadi. Shaharda xonaqoh quriladi. Temirchilik, zargarlik yanada rivoj topadi. Ulug’bek rasadxonasidan topilgan usturlab asbobi orqasidagi “Ushbu asbob termizlik usta Hoshim Muhammad tomonidan tayyorlangan” degan yozuv buning dalilidir. Bu yerda zarb etilgan tangalar Qashqadaryo viloyati Qamashi nohiyasi hududidagi qazishma ishlari chog’ida 1987 yilda topilganligi ham buning guvohidir.
Termiz XV asrning ikkinchi yarmida Hisor yurtiga bo’ysunadi. Hisravshihning kichik ukase Boqi Chag’aniyon qo’liga o’tadi.
Termiz XVI asr oxirlarida minoralari bo’lgan mustahkam istehkomga aylanadi. Atrofida xandak (zovur), yasana do’nglar bunyod bo’ladi. Shu asrda yangi Termiz va Sulton Saodat majmuasi yaqinida Kokildor ota maqbarasi ham quriladi.
Mahmud ibn Valining 1634-1641 yillarda bitilgan “Bahr al-asror” asrida Termiz haqida shunday deyilgan: “U Jayhun daryosi yoqasida joylashgan va mustahkam devor bilan aylantirilgan. Janubiy tomoni Jayhundan yuqori ko’tarilgan, darvoza ham shu tomonda. Shahar atrofida qishloqlar juda ko’p. Ulardan eng kattasi Salavatdir, u yerda hokimlar qarorgohi, bozor, madras, katta jome’ masjidi va baland minora bor”.
Bu asrda ilm-ma’rifat yana rivoj topadi. X-XI asrlarda qurilishi boshlangan Sulton Saodat majmuasi XVII asrda nihoyasiga yetkaziladi.
1646-1647 yillarda Termiz Hindiston hukmdori Avrangzeb Olamgir qo’shini tomonidan ishg’ol qilinadi.
1705 yilda adolatsizlikdan norozi bo’lgan xalq ommasi g’alayon ko’tarib, Termiz hokimini ag’darib tashlaydi. Yangi hokim tayinlashadi. Bu voqeadan norozi bo’lgan Buxoro xoni Ubaydullaxon II Termizga qo’shin tortadi.
Termizning yangi hokimi vaziyatni tushunib, shaharni himoya qilish uchun Balx hokimi Mahmud qatag’ondan madad so’raydi. Oqibatda, Termiz vayronalik va qirg’indan omon qoladi. Buxoro qo’shini Termiz ostonasida mag’lubiyatga uchraydi va qaytib ketishga majbur bo’ladi.
Termiz yana osoyishta yashay boshlaydi. XVIII asrning boshlarida hokimlik Sheralixonga o’tadi. U shaharni va qal’ani mustahkamlashga kirishadi. Shu davrda Termiz Amudaryo bo’yidagi qal’adan va Surxondaryo bo’yidagi shahardan iborat edi.
Ko’rilgan tadbirlar natija bermaydi. Shaharning tushkunlikka tushushini to’xtatib bo’lmadi. XVIII asrning ikkinchi yarmida o’zaro feudal urushlarning kuchayishi oqibatida Termiz butunlay vayron bo’ladi. Faqat Pattakesar va Salavat qishloqlarigina saqlanib qolgan. Masjidlar, koshonalar yonadi, qulaydi. Shaharni qayta tikalsh xususida urinishlar ko’p bo’ladi, lekin ularning hammasi natijasiz tugaydi.

XVIII asr oxirlarida siyosiy va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuvi oqibatida, shaharning ochiq hudududa hayot deyarli to’xtaydi va Eski Termiz degan umumiy nom qoladi. Amudaryo bo’yidagi qadimiy shaharni, XIV – XV asrlarda Temuriylar davridagi Eski Termiz asrlar vayronasuni O’lik Termiz deb ataydigan bo’lishdi. Shu yo’sinda, qariyb ikki asr davomida Termiz degan nom tarix sahifalarida shahar uchramadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий