Ilk temir davriga kelib, yani eramizgacha bo‘lgan X-VII asrlarda hududiy davlatlarning shakllanish jarayoni kechgan. Bu davrda shaharlar hududiy davlatlarning markazi sifatida faoliyat etishi kuzatiladi. Qadimgi Baqtriyaning shimoliy qismi bo‘lgan Surxondaryo viloyatida ilk temir davrida uchta hududiy davlatning shakllanganligini kuzatishimiz mumkin. Bular Sherobod, Boysun, Surxon dehqonchilik o‘lkalarida joylashgan «nom» tipidagi hududiy davlatlar bo‘lib, siyosiy markazlari Jondavlattepa, Hayitobodtepa va Qiziltepa shaharlari bo‘lgan.
Xuddi shunday «nom» tipidagi hududiy davlatlarning Qadimgi So‘g‘d va Qadimgi Farg‘ona vodiysida ham tarkib topganligi kuzatilmoqda. Ularning markazlari Daratepa (Kitob), Ko‘ktepa (Chelak), Afrosiyob (Samarqand), Farg‘ona vodiysidagi Dalvarzin kabi shahar tipidagi yodgorliklar bo‘lgan. Ilk temir davrida shakllangan hududiy davlatlar bir yoki bir nechta daryo o‘zanlari hududlarini birlashtirib, markaziy shahri va shu markaz atrofida jamlangan qishloq va qo‘rg‘onlar majmuasidan iborat bo‘lgan. Shaharlarining umumiy maydoni 8 gektardan 25 gektargacha boradi. Ular ikki qism, ark va shahristondan iborat bo‘lgan. Arxeologik kuzatuvlarga qaraganda shu davr shaharlari tashqi ko‘rinishiga ko‘ra bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan. Ark va shahriston qalin mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lib, devorlarning qalinligi 5-6 metrni tashkil etadi. Devor ustida jangchilar yuradigan maxsus yo‘lak bo‘lgan, shahar devorlariga o‘q otish uchun harbiy minora – mudofaa burji qurilgan. Mudofaa devori va burjlarning har ikki metrida shinaklar o‘rnatilgan. Ilk temir davri shaharlarining xarakterli tomonlaridan biri shahar atrofida handaklar qazilgan, harbiy holat vaqtida handaklar suvga to‘ldirilgan va shahar mudofaasi yanada mustahkamlangan.
Arkda shahar hokimining saroyi joylashgan bo‘lib, eng baland va hashamatli qilib qurilgan. Shahristonda ibodatxonalardan tashqari, hunarmand va savdogarlarning uylari, savdo rastalari, harbiy kazarmalar joylashgan bo‘lgan. Shahristonda tosh to‘shalgan yo‘laklar bo‘lib, yo‘laklar bir arava sig‘adigan kenglikda bo‘lgan.
Dehqonlar shahar atrofidagi qishloq va qo‘rg‘onlarda yashagan. Ilk temir davriga oid qishloq Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi Qizilcha qo‘rg‘oni misolida o‘rganilgan. U to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli bo‘lib, devorlari paxsa va xom g‘ishtdan terilgan, xonalarning poli va devorlari loy shuvoq bilan shuvalgan. Uyning old tomoni keng hovlidan iboratligi kuzatilgan, bu yerdan topilgan topilmalar qishloq hayot tarzini to‘liq xarakterlaydi. Omoch, o‘roq singari topilmalar, qishloq aholisining dehqonchilik bilan shug‘ullanganligini ko‘rsatadi (Sagdullayev, 1887).
Er.av. VII asrga kelib hududiy davlatlar asosida Vatanimiz janubida Qadimgi Baqtriya, VI asrda esa quyi Amudaryo va Orol bo‘ylarida Qadimgi Xorazm shohliklari, O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘lari, dashtlari, cho‘llarida ko‘chmanchi Sak qabilalarining konfederatsiyasi bo‘lganligi kuzatiladi. Davlatlarning hududiy kengayishi natijasida, shunga monand shaharlar ham rivojlanib borgan va joylashgan geografik o‘rni va egallagan siyosiy mavqeiga qarab katta va kichik shaharlar toifasiga bo‘linib borgan.
Markazlashgan davlatlar hududi juda keng bo‘lib, bir va bir necha keng o‘lkalarni o‘z tarkibiga olgan. Bu davrga kelib, shaharlar egallagan siyosiy mavqeiga qarab toifalarga ajrala boshlaydi. Qadimgi Baqtriya shohligi hududlarida Bolo Hisor, Oltindilyor (Shimoliy Afg‘oniston), Qiziltepa, Jondavlattepa, Haitobodtepa (Surxondaryo), Baytudasht (Janubiy Tojikiston) kabi shahar tipidagi arxeologik yodgorliklarning mavjudligi aniqlangan. Bolo Hisor o‘rnida qadimgi Baqtra shahri joylashga, bu shahar Gerodot va Kteseylarning ta’kidlashicha, Baqtriyaning markazi bo‘lgan.
manba:arxeologiya.uz

Комментариев нет:
Отправить комментарий