воскресенье, 1 мая 2016 г.

O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar


Jarqo‘ton yodgorligini va yodgorlikdan topilgan moddiy madaniyat ashyolarini Qadimgi Sharq shahar-davlatlari bilan taqqoslash natijasida er.av. II ming yillikda, yani so‘nggi bronza davrida O‘zbekiston hududada ilk shahar madaniyati shakllangan. Bu yerdan hukmdorlar saroyi, markazlashgan din mavjudligini isbotlovchi olov ibodatxona va boshqa ilk shahar madaniyatiga xos bo‘lgan ashyoviy manbalar topildi. Ular Qadimgi Sharq shaharlari harobalaridan topilgan manbalari bilan solishtirilishi natijasida, Jarqo‘ton egallagan maydoni, yodgorlikning ichki tizimi, yuqori rivojlangan hunarmandchiligi va boshqa sifat belgilariga ko‘ra u shahar ko‘rinishiga ega bo‘lgan yodgorlik ekanligi isbotlandi.

Shu tariqa O‘zbekiston hududida miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmiga kelib ijtimoiy sharoit, iqtisodiy rivojlanish va geografik muhitdan kelib chiqib, kichik daryo havzasida, bir yaxlit dehqonchilik vohasida, ilk shahar madaniyatiga asos solingan.
Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi qadimgi ilk shahar. Jarqo‘ton Qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jihatdan farq qilmaydi.
Ilk shaharlar va davlatchilikning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti o‘zaro uzviy boqliq ekanligini arxeologik manbalar tasdiqlaydi. Yirik davlatlar, yani podshohliklarning shakllanishi bilan shaharlar egallagan siyosiy va iqtisodiy mavqeiga qarab katta va kichik shaharlar toifalariga ajralib borgan.
Demak, yuqorida eslab o‘tilgan ilmiy ma’lumotlar asosida aytish mumkinki, hozirgi oqsoch shaharlarimiz Vatanimiz hududida shaharlar taraqqiyotining uchinchi bosqichiga oid. Birinchi bosqich, so‘nggi bronza davrida shakllangan ilk shaharlar bo‘lib, Jarqo‘ton yodgorligi misolida o‘rganildi. Ikkinchi bosqich shaharlari hududiy davlatlarning markazi sifatida shakllangan shaharlar bo‘lib Qiziltepa, Jondavlattepa, Ko‘ktepa shahar-yodgorliklari misolida o‘rganilmoqda.
manba:Arxeologiya.uz

Комментариев нет:

Отправить комментарий