Rahim Ahmedov (1921-2008) - O’zbekiston xalq rassomi. U «O’zbekiston xalq rassomi» unvoni va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibidir. O’zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov 1921 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1937—1941 yillarda P. Benьkov nomidagi Respublika badiiy o’quv yurtida, 1947—1953 yillarda Sankt-Peterburgdagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutida o’qidi.
Tarjimai hol
1937—1941 yillarda P. Benьkov nomidagi Respublika badiiy o’quv yurtida, 1947—1953 yillarda Sankt-Peterburgdagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutida o’qidi.
Taniqli musavvirlar Iskandar Ikromov, O’rol Tansiqboevlardan keyingi avlod vakili bo’lgan Rahim Ahmedov o’zbek tasviriy san’atiga 50-yillarning boshlarida kirib keldi.
Ilk asarlarini institutda o’qib yurgan kezlaridayoq yaratdi. O’z ijodini portret janrida boshlagan rassom asarlarida oddiy dehqonlar, cho’ponlar, qishloq ayollari va atoqli san’at arboblarining qiyofalarini tasvirladi. «Cho’pon yigit», «Xalq bastakori — qo’shnaychi. Ahmadjon Umrzoqov», «Surxondaryolik qiz» va boshqa asarlar rassom ijodining dastlabki namunalaridir.
Bu tasvirlarda xalq hayoti va turmushining oniy lavhasi, ko’rinishi o’z ifodasini topgan. Rassomning 50-yillarda chizgan «Ona o’ylari» asari chuqur psixologik ifodaliligi bilan tomoshabin diqqatini o’ziga jalb etadi. Bu portretda ifodalangan onaning ichki kechinmalari, his-tuyg’ulari ishonarli ifodalangan.
R. Ahmedovning 60—80-yillarda yaratgan asarlarining ham ko’pchiligini portretlar tashkil etadiki, bular «Zveno boshlig’i», «Bahor ayyomida», «Furqat portreti», «Ayol portreti», «Bahor», «Rassom B. Boboev portreti», «Rassom Salimjonova portreti» kabi asarlardir. Shuningdek, «Birinchi maosh», «Tushki dam olish», «Tong. Onalik», «Qo’shiq» asarlarini ham shu yillarda yaratdiki, ularda xalqimizning hayoti, turmush tarzi, bepoyon mamlakatimizning go’zal tabiat manzaralari nihoyatda nafis, latofatli, yorqin bo’yoqlarda did bilan tasvirlangan.
Ayniqsa, rassomni elga tanitgan, unga shuhrat keltirgan «Tong, Onalik» asarida yosh onaning pok qalbi, go’zal qiyofasi, baxtiyor onalik kayfiyati rangin bo’yoqlarda chizilganki, bu asarni tomosha qilgan kishida asarga nisbatan iliq taassurot uyg’otadi.
Musavvir ijodida manzara asarlari ham alohida o’rin tutadi. Uncha katta bo’lmagan, ixchamgina manzara suratlarida tabiat o’z go’zalligini ko’z-ko’z qiladi. Bu o’rinda uning tog’ manzaralariga bag’ishlangan qator asarlarini, xususan, birgina «Qish» manzarasini eslashning o’zi kifoya.
R. Ahmedov asarlari 1948 yildan boshlab xalqaro ko’rgazmalarda ko’rsatila boshlandi. Asarlari Moskvadagi Tretьyakov galeriyasi, O’zbekiston Davlat san’at muzeyi ko’rgazma va panoramalar direktsiyasida saqlanmoqda.
Rassom uzoq yillar ijodiy ishni davlat va jamoat ishlari bilan baqamti olib borib, mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga ham o’z hissasini qo’shdi.
1965—1994 yillarda O’zbekiston Rassomlar uyushmasining raisi vazifasida ishlab, Respublikada tasviriy san’atning rivoj topishida hormay-tolmay izlanish olib borayotgan musavvirlarga bosh-qosh bo’ldi. U ko’p yillardan buyon San’at institutida professor-o’qituvchi vazifasida faoliyat ko’rsatib, yosh musavvirlar tayyorlashga o’zining munosib hissasini qo’shmoqda.
Rahim Ahmedovning o’zbek tasviriy san’ati ravnaqidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. 1961 yilda unga «O’zbekiston xalq rassomi» unvoni berildi. Mustaqillik yillarida esa «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Rahim Ahmedov 2008 yilda Toshkent shahrida vafot etdi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий