среда, 18 мая 2016 г.

Termizlik olimlar

ADIB SOBIR TERMIZIY

Sobir Termiziy Shahobidsin ibn Ismoil (1147 yili vafot etgan) mashhur shoir, fors tilida ijod etgan. U zolim amir deb nom chiqargan Termiz amiri Axtitni mayparastlikda ayblab, hajviya yozgan. Sulton Sanjar (1118-1157) sa-royida Marvda ham yashagan. Umrining oxirida Xorazmga boradi va Xorazm shohi Otsiz (1127-1156) uning oyoq-qo'lini bog'lab Amudaryoga cho'ktirib yuboradi.

JAVHARIY

Zargar Termiziy, XI-XII asrlar shoiri, asli buxorolik, tahsilni Termizda oladi. Adib Sobirning shogirdi, qasidalari o'zgacha uslubda bitilgan. «Mashshoq ayol va amir Ahmad» hikoyatining muallifi.

JALOLIDDIN

Jaloliddin Ja'far ibn Xusayn Termiziy, mashhur falakiyotchi olim.

ALOVUDDIN TERMIZIY

Sayyid laqabi bilan mashhur (XIII asrda yashagan). U ham zamonasining fiqh va hadis ilmi bilimdonlaridan biri.

AHMAD AT-TERMIZIY

XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida yashab o'tgan. Davrining yirik hakimi, zargari, falakiyot ilmi va ilmi nujumda beqiyos bo'lgan. Ahmad at-Termiziy zabardast shoir, uning forsiy va turkiy tilda bitgan she'rlar devoni mavjud.

Комментариев нет:

Отправить комментарий