Eshqobil Shukur she’riyati o‘zining majoziy ranglar, musiqiy ohanglarga limmo-limligi va qadimiy bitiklar asosiga yo‘g‘rilganligi bilan ajraladi. Shoirning dastlabki she’rlaridayoq majoziy obrazlar va xalq she’riyatiga hamohang bo‘lgan musiqiy sadolar eshitilib turdi.
Tarjimai hol
U 1961 yilda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi. Shundan buyon turli nashriyot va tahririyatlarda ishlab keladi.
Uning ijodi 80-yillardan boshlangan.
Shoirning «Qadimgi bitiktoshlarga yozuvlar», «Mengim momoning yo‘qlovi» singari dastlabki she’rlaridayoq majoziy obrazlar va xalq she’riyatiga hamohang bo‘lgan musiqiy sadolar eshitilib turdi.
Faoliyati
Shoirning «Yurakni o‘rganish» nomli ilk she’riy to‘plami tug‘ildi va u 1986 yili chop etildi. 1988 yilga kelib muallifning «Sochlari sumbul-sumbul» degan ikkinchi she’riy guldastasi nashr etiladi. 1989 yili yaratilgan «Tungi gullar» nomli uchinchi to‘plami esa Respublika yoshlar tashkilotining Usmon Nosir nomidagi mukofotiga sazovor bo‘ladi.
Eshqobil Shukurning to‘rtinchi she’riy guldastasi 1995 yilda nashr etilgan bo‘lib, u «Yashil qushlar» deb ataladi.
Eshqobil Shukur «Oqibat oqshomi» va «Padarkush» kabi nasriy asarlar hamda «Ibtido xatosi», «Naqshband» kabi dramatik dostonlarning muallifi hamdir.
Uning asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Комментариев нет:
Отправить комментарий