пятница, 15 июля 2016 г.

TERMIZSHOHLAR SAROYI


Termizshohlar saroyi XI asrda qurilgan baland devorlar bialn o’ralgan katta inshoot bo’lgan. Saroy jamlanmasi katta hudud (7 gektar)ni tashkil etib, to’rtburchak tarxda qurilgan. Saroyning bosh fasadida yirik peshtoqli eshik to’rt burchakli hovliga olib kiradi. Imoratlar bilan o’ralgan keng hovli o’rtasida sopol quvurlar suv bilan ta’minlanib turuvchi 8,5x8,5 metrli hovuz, mehmonxona (dahlizli katta zal) oldida 4 ta kvadrat ustunli ayvon bo’lgan.
Bosh eshik qarshisida peshtoq ayvonli cho’zinchoq qabulxona zali bo’lib, uning uch tomonidan ikki qavatli gumbazlar o’ragan, old tomoni ochiq bo’lgan. Shu tomon qimmatbaho parda bilan to’silgan. Shu cho’zinchoq xona to’rida podshoh taxti turardi.
X-XII asrlar me’morchiligining diqqatga sazovor na’munalaridan bo’lgan. Termiz hukmdorlarining qarorgohi 1925-1926 va 1936-1937 yillarda qazib o’rganilgan paytda ganch panjara, rangdor oyna, ganchga bo’yab ishlangan tasvir qoldiqlari, jumladan qush, otliq tasviri tushirilgan va gul bezaklari bo’lgan shisha medalon topildi. Balki shu topilma podshoh peshonasiga qadab qo’yiladigan medalon bo’lishi ham mumkin. Qazilma davrida saroy bir necha marta ta’mirlanganligi aniqlanadi.
XII asrda (1129-1130 yillari) g’aznalik Sulton Abdul Muzaffar Bahromshoh tomonidan yangi bezaklar bilan saroyning qabul zali esa ganch o’ymakorligi bilan bezatilgan, unga uch qavatli kesma bezak berilgan, devorlariga afsonaviy mahluqlarning tasviri tushirilgan.
Imorat g’ishtdan ustalik bilan, qandasa to’ri asosida terilgan, tagi (poli) pishshiq g’isht yotqizilgan.

1220 yilda Termizni Chingizxon qo’shinlari qamal qilgan. Termizliklar qattiq qarshilik ko’rsatganligi uchun saroy, boshqa ko’pgina imoratlar qatorida obdon ta’mirlanayotgan vaqtda vayron qilinadi. Qurilish materiallar, bo’yoq va ganch idishlari qoldiqlari buning guvohidir. Xarobalar saqlanmagan. Termizshohlar saroyi uch davr qurilishi bo’lib, o’rta asr me’morchiligining o’ziga xos va betakror na’munasi bo’lgan.

Комментариев нет:

Отправить комментарий