пятница, 15 июля 2016 г.

QADIMIY TERMIZ MINORASI


Termiz shahri qadimda o’ziga xos va takrorlanmas me’morichilik uslubiga ega bo’lgan obidalarga boy bo’lgan. Kokildor ota maqbarasi, Al Hakim at-Termiziy maqbarasi, Iso at-Termiziy maqbarasi va boshqa tarixiy obidalaridagi o’ziga xosligi quyida ta’kidlangan fikrni tasdiqlaydi. Shunday tarixiy obidalardan biri Eski Termiz minorasidir.

Qadimiy Termiz minorasi Chorustun masjidi devorida shimolda qad ko’tarib turadi. XIX asrda ham deyarli saqlangan edi. Minora kichik hajmdagi pishiq g’ishtdan terilgan bo’lib, asosi ko’pqirrali silindr poyasiga o’xshagan. G’ishtdagi arabcha kufa yozuvi masjidning hijriy 423 yili (milodiy 1032 yili) qurilganligidan dalolat beradi.
Eski Termiz minorasi O’rta Osiyodagi minoralarning eng qadimiysi. Shakli oddiy edi. Movarounnahr va Xuroson minoralarida murakkab bezaklar berish vujudga kelganligi ma’lum. Shu davrlarda ham Termiz minorasi nodir yodgorlik hisoblanardi. Ammo Chor Rossiya bosqini davrida nodir yodgorlik vaxshiylarcha XX asrning birinchi choragida buzib tashlanadi, uning g’ishtlari yangi Termizga tashib kelinib, imoratlar qurilishiga ishlatiladi.

Shoniyoz Safarovning

Termiz va Termiziylar kitobi asosida tayyorladi

Комментариев нет:

Отправить комментарий