Ko’shkdan janubda Chorustun masjida va minorasi
bo’lgan. Chorustun bu masjidning mahalliy nomi bo’lib, aslida masjidning
diametr bir metr keladigan, pishiq g’isht va ganch qorishmasidan terilgan 9 ta
ustuni bo’lgan.
Bu masjid uncha katta emas edi. Ichki o’lchami 10x10 metr edi.
Uning sathini 9 ta gumbaz yopib turgan. Masjid odatdagidik emas, balki uning
ikki devori bo’lgan xolos qolgan ikki tomoni ochiq bo’lgan. XI asrdagi
ta’mirlanishdan keyin pishiq g’isht bilan qoplanadi. Mehrob januby-g’arbiy
devor markazida, bo’lib, chuqur nag’al shaklida qat-qat burmalangan mato bilan
jihozlangan tokcha bo’lgan.
Chorustun masjidi qurilishi vaqti haqida turli xil
fikrlar bor. Ba’zilar uni IX-X asrda qurilgan, yonida xom g’ishtdan qurilgan
minora bor edi. Masjid ta’mirlangandan so’ng o’rniga yengil minora qurilgan
deyishadi.
Arab geografi Al Maqdisiy X asr o’rtalarida Chorustun
haqida yozar ekan: “Nomozgoh Termiz rabotining o’rtasidadir”, deydi.
O’rta asr nomozgoh masjidlari yarim ochiq bo’lib,
ularning mehrobi hovliga qaratilgan. Bu yerda yiliga ikki marta: Ramoon Hayiti
nomozi va Qurbon Hayiti nomoziga shahar va atrofdan to’plangan erkaklar nomoz
o’qishgan. Imom mehrobdan turib, to’planganlar e’tiborini qiblaga, Makkaga
qaratib, nomoz o’qigan. Termiz nomozgohi Chorustun ilk musulmon masjidlari
turidan bo’lgan.
Shoniyoz
Safarovning Termiz va Termiziylar kitobidan
Комментариев нет:
Отправить комментарий