пятница, 15 июля 2016 г.

SHAHRI SOMON


IX asrda Termiz yanada kengayib, gullab-yashnaydi. U yirik ma’muriy, savdo, hunarmandchilik markaziga aylanadi.

Samarqandda Rofe Ibn Laysning 809 yilgi qo’zg’olonni bostirishda yordam bergani uchun Bog’dod xailfasi tomonidan yirik yer egasi Abdulloh Somonxudatning nevalari (Asad Ibn Abdullohning o’g’illari) ga Movarounnahrning eng muhim viloyatlarini idora qilish huquqi berilgan. Ular Amudaryoning o’ng sohilidagi Chag’anrud (Surxondaryo) dan Talitog’ora bosh suvinshooti orqali Kushon Termizi (Qorarepa) tomon yo’naltirilgan kanalning boshlanish qismidagi serunum yerlarni qo’lga kiritishga muyassar bo’ldilar.
Asad Somon tomonidan bu yerda bog’ barpo etiladi, qarorgoh quriladi. Qirq qiz qal’asi ham shu davrda quriladi. A.A.Semenovning ta’kidlashicha, bu shaharga Somoniylar sulolasi boshlig’I Asad Somon tomonidan asos solganligi bois Shahri Somon deb ataladigan bo’ldi. Buni eski Termizning mahalliy tilda “Somoni-xona” – Somoniylarning uy Saroyi, deyilishi bejiz emas.

Chingizxon bosqini davrida Shahri Somon Chingizxon qo’shinlariga uzoq muddat davomida qarshilik ko’rsatadi. Chingizxon qo’shinlariga faqat askarlar emas, shu yerlik aholi ham kurash olib boriladi. Dushman qo’shini Shahri Somondan qaxshatgich zarbani qabul qilib oladi. Shundan so’ng harbiy xiylagina ularning urushda g’olib bo’lishlariga yordam beradi. Chingizxon qo’shini shaharni vayron qiladi. Shundan so’ng Shahri Somon qayta tiklanmadi. Undan Qirqqiz qal’asi qoldiqlari qoladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий