Ko’pkari – bu chavandozlar bahsi. Ota-boblarimiz
go’daklikdan bolalaik fasliga kirgan farzandlarining qo’lini halollash, bo’y
yetgan qizlarni uzatish, yigitlarni uylantirish to’ylarida xalqqa osh berib,
so’nggida ko’pkari bahsi tomoshalarini ko’rsatishgan.
Ko’pkari – bu chavandozlik, ot ustida ommaviy musobaqa
shartlarini bajarib, g’olib chiqish uchun olib boriladigan kurash jangidir.
Ko’pkarining nomini uloq ham deyishadi.
Ko’pkari bahsida so’yilgan uloq (echki bolasi)tanasi
to’y – musobaqa hakamlari tomonidan o’rtaga tashlanib, ushbu kurash shartlari
ana shu uloq bilan bog’liq holda bajariladi.
Ko’pkari asosan yakka bahs. Musobaqa sharti o’rtaga
tashlangan uloq tanasini taqimga (chavandoz soni bilan arg’umoq sag’risi
orasida) qisib, maydonni gir aylantirgancha, belgilangan manzilga – uloq
kayvoni hakam yoniga birinchi bo’lib keltirib tashlash.
Ko’pkarida ot egasi poygaga tushishi ham mumkin,
tushmasligi ham mumkin. Chavandozlar keksayganlarida, uloqqa o’zlari turli
sabablarga ko’ra tusholmasligi sababli ko’pkari shartlariga tayyorlangan
“aqlli”, “tajribali” otlarini yosh chavandozlarga “kira”ga beradilar. Bu
o’rinda ham g’olib chiqqan arg’umoq g’ayratli chavandozi bilan ot egasi
mukofotni bo’lib oladilar.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng asriy
an’analarimiz qatorida ko’pkari ham qayta tiklandi. Turli bayram, to’y –
xashamlar, xalq sayillarida ot choptirib, uloq uchun kurashayotgan
vatandoshlarimiz ko’pchilikni tashkil etadi. Uloq ko’pkari bo’yicha O’zbekiston
chempionati tashkil qilindi. Qo’shni davlat chavandozlari o’rtasida turli
musobaqalar o’tkazilmoqda.
Комментариев нет:
Отправить комментарий