Termiz qadimiy va navqiron shahar.
Shaharni buyuk sarkardalar o’z yurti sarhadiga kiritish va shahar
imkoniyatlaridan foydalanishni istagan. Strategik jihatdan juda muhim bo’lgan
shahar dunyo tarixida o’chmas nomini qoldirgan.
Buyuk Ipak yo’lining doimiy
bekatlaridan biri bo’lan Tarmit (Termiz) savdogarlar bilan gavjum bo’lgan. Shahardan
turli qora va rangli metallar hamda oziq-ovqat mahsulotlari kabi tovarlar
qo’shni uzoq Rim imperiyasigacha olib ketilgan. Ammo bu yurtning o’ziga xos
mahsuloti borki, bu mahsulotning ta’mi butun dunyoga ovoza bo’lgan. Bu surxon
qo’ylari go’shtining mo’jizaviy ta’midir. Bu ta’m boshqa hech qayerda
uchramaydi. Surxon qo’ylarini ko’plab olimlar tajriba sifatida boshqa
hududlarda o’rganishdi. Lekin qo’y go’shtining ta’mi o’zgarib, o’ziga xos
ta’mini yo’qotadi. Tarixda Buyuk Ipak Yo’lida sayyoh sifatida hindlarning
mashhur tabibi Termizga keladi. Tabib hududning ob-havosi inson uchun xavfli
bo’lib, odamlar bu yerda yashay olasligi kerak degan fikrga keladi. Ammo
shaharda odamlar yashamoqda. Sog’lom, yigitlari kuchga to’lgan va rivojlanishda
davom etardi. Tabib bu narsadan hayratga tushib bu sirni bilishga intiladi. Bir
necha yillik izlanishlardan so’ng sirni topadi. Bu sir qo’y go’shtlardi
yashiringandi. Siz uchun g’alati tuyulishi mumkin, biroq dunyodagi eng shirin
go’sht faqat Termizda va bu ta’mni Surxon zaminiga kelgan har bir inson his
qilgan. Agar bu shunchaki cho’pchak deb o’ylasangiz, unda Termizga bir kelib
keting!
Борганман ажойиб жойлари бор
ОтветитьУдалить