Dalvarzintepa-
qadimiy dunyodagi eng qadimiy shaharlardan
biri hisoblanadi. Shahar harobasi. Surxondaryo
viloyati Sho‘rchi tumani markazidan 10 km shimoliy-sharqda joylashgan. Maydoni. 47 ga. Dalvarzintepa. 2
qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan o‘rab olin-gan
shoh saroy qal'asi va shaharning o‘zidan iborat. Shahar ham mudofaaning
istehkomli tizimiga ega bo‘lib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar,
savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan.
O‘zbekiston
san'atshunoslik ilmiy tadqiqot institutining
san'atshunoslik ekspeditsiyasi Dalvarzintepada 1962 yilda dastlabki tekshiruv
ishlarini va 1967 yildan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib
boradi. Dalvarzintepa Kushonlar imperiyasining poxtaxti bo’lib xizmat qilgan. Milodda avvalgi 2-asr oxiri-1-asrlarda Dalvarzintepa o‘rnida kichik
manzilgoh paydo bo‘lgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Miloddan. avval 1-asr oxiri milodiy yil boshlarida shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etil-magan.San’atshunoslikka oid topilmalarning topilishi esa, o’sha davrdanoq madaniy hayot gullab yashnaganidan darak beradi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий