Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yilda tashkil etilgan. Denov tumani viloyatning Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari b-n chegaradosh. Maydoni. 0,75 ming km2. Aholisi 253,7 ming kishi (2000). D.t.da 1 shahar (Denov), 1 shaharcha (Doʻstlik), 18 qishloq fuqarolari yigʻini (Anbarsoy, Binokor, Dahana, Denov, Kenagas, Navroʻz, Pistamozor, Sina, Tortuvli, Xayrobod, Xolchayon, Fargʻona, Yurchi, Yangibogʻ, Yangizamon, Yangiobod, Kiziljar, Hazorbogʻ) bor. Markazi — Denov shahri
Tabiati.Denov tumanining shimol, jan. va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari b-n oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445 mm dan 625 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. D. t.dan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp
Комментариев нет:
Отправить комментарий