вторник, 5 апреля 2016 г.

Dalvarzintepa xazinasi

DALVARZINTEPA XAZINASI
Xazina Dalvarzintepa shahristoni (Surxondaryo viloyati Shorchi tumanidan topilgan xazinaO‘zbekistan san'atshunoslik ekspeditsiyasi tomoni-dan topilgan (1972). Dalvarzintepa xazinasi - 2 baldoqli sopol ko‘zacha (yarim metr chuqurlikda og‘irligi 36 kg) dagi har xil oltin buyumlardan iborat.
Oltin buyumlar soni 115 ta, ular yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va b. taqinchoklardir. Xazina podsho amaldorlari, boylarga har xil taqinchoklar tayyorlab beradigan zargarga tegishli bo‘lsa kerak. Chunki ba'zi taqinchoklar juda og‘ir, hatto bitta bilaguzuk 872 g sof oltindan iborat.

Ayniqsa nozik did b-n ishlangan turli shakldagi bilaguzuk va ziraklar, qizg‘ish rangli qimmatbaho toshga o‘yib ishlan-gan, erkak tasviri tushirilgan bo‘yin taqinchog‘i, tilla ipchalardan to‘qilgan va 5 qator tizilgan shoda diqqatga sa-zovordir. Oltin shoda taqiladigan qismining ikkala tomoniga 10 tadan ortiq feruza va yoqut toshlar qadalgan.
Xazinadagi to‘g‘ri burchak shaklida tayyorlangan yombilar katta ilmiy ahamiyatga ega. Ularning jami 21 ta, ammo 10 tasida qad. kxaroshti yozuvi bitilgan. Dalvarzintepa xazinasi paleografik jihatdan mil. 1-a.ga to‘g‘ri keladi. Dalvarzintepa xazinasining eng qimmatli tomoni uning antik dunyo davr san'ati qatorida tutgan o‘rnidir.

Garchi Dalvarzintepa xazinasidagi ayrim taqinchoqlar Afgoniston, Hindiston, Pokistondagi taqinchoqlarga o‘xshab ketsada, ammo ularning Shim. Baqtriya, ya'ni hoz. O‘zbekistonningjan. Hududlarida yashagan qo‘li gul ustalar tomonidan tay-yorlanganligi shubhasizdir. Dalvarzintepa xazinasi topilmasi ajdodlarimizning qo‘shni xalqlar va mamlakatlar b-n qadimdan savdo-sotiq va madaniy aloqada bo‘lganligidan darak beradi.

D

manba: meros.uz 

Комментариев нет:

Отправить комментарий