понедельник, 30 мая 2016 г.

Surxondaryo tarixi kitobidan: Surxon vohasi tosh asrida


Insoniyat tarixiga nazar solar ekanmiz, odamlar hayotning ilk bosqichlaridanoq o'ziga xos turmush tarzi va ba'zi bir moddiy madaniyatga ega bo'lganligiga ishonch hosil qilamiz. Dunyodagi eng qadimiy inson makoni sifatida ko'plab yodgorliklarga ega Surxon vohasi nafaqat mamlakatimizda olib borilgan tadqiqotlarda, balki chet el tadqiqotlarida ham hurmat bilan tilga olinadi. Ana shu ma'noda vohamiz ko'plab chet ellik va mahalliy olimlarning diqqatini ohanrabodek o'ziga jalb etib kelmoqda. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, vohamizning insoniyat sivilizasiyasining qadimgi beshiklaridan biri ekanligi isbot qilindi.

Ma'lumki insoniyat taraqqiyotidan madaniy-tarixiy davrning ilk bosqichi, mehnat qurollari toshdan yasalganligi sababli poleolit (grekcha «palayos»-qadimgi, «letos»-tosh degan ma'noni bildiradi), ya'ni qadimgi tosh davri deb ataladi. Olimlar insoniyat tarixida uzoq davom etgan tosh davrini quyidagi bosqichlarga bo'ladilar:
1. Qadimgi tosh davri-poleolit
2. O'rta tosh davri-mezolit
3. Yangi tosh davri-neolit
4. Mis tosh davri-eneolit

Poleolit davrida mehnat qurollari takomillashib, inson hayoti ham o'zgarib bordi, shunga ko'ra poleolitning o'zi ham uch bosqichga bo'linadi, ilk, o'rta va so'nggi poleolitdir. Shuni alohida ta'kidlash joizki, O'zbekiston hududida eng qadimgi odamlar 1 mln. yildan ziyod vaqtdan beri, ya'ni ilk poleolit davridan buyon yashab kelayotganligini arxeologik olim O'.Islomov isbot qilib berdi. Arxeolog olim O'.Islomovning yozishicha: «O'zbekiston hududida odamning paydo bo'lishi tarixining ilk bosqichlariga oid yodgorliklarni o'rganish 1938 yildan boshlangan. Shu yili A.P.Okladnikov boshliq ibtidoiy davr arxeologiyasini o'rganish otryadi Boysun tumanidagi Turkondaryoning Zovtalashgansoy darasida joylashgan Teshiktosh g'orini tadqiq qildi. Dengiz sathidan 1500 m. balandlikdagi g'orning uzunligi 21 m, eni 20 m, balandligi 7-9 metrni tashkil qiladi. Umumiy maydoni 300 kv.m. Shundan 100 kv. m joyi neandertallar yashaganligiga guvohlik beruvchi arxeologik materiallarga ega. Yodgorlik 5 ta madaniy qatlamdan iborat. Bu hol manzilgoh bir necha marotaba tark etilganligidan dalolat beradi. G'orning har bir qatlamida bittadan, ba'zilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib qolgan. Bu gulxanlar atrofidan ko'plab tog' echkisi, bug'u, sirtlon, ayiq, quyon va har xil qushlarning suyak qoldiqlari topilgan. Eng muhimi, yuqori madaniy qatlamdan 9-10 yoshlardagi neandertal bolaning qabri topilganligi - yodgorlikni dunyoviy ahamiyatga molik darajaga ko'tardi.» Ushbu antropologik topilma katta qiziqish uyg'otdi va mutaxassis olimlardan G.F.Debes, M.M.Gerasimov, M.D.Gremyaskiy va V.A.Alekseyevlar uni o'rganishda jonbozlik namunasini ko'rsatdilar. Aniqlanishicha, topilgan neandertal bola kalla suyagining hajmi 1450 sm kub bo'lib, u irqiy jihatdan Yevropa va Old Osiyo guruhiga mansub ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Teshiktosh g'orini qazish natijasida ma'lum bo'ldiki, undagi kishilarning asosiy va muhim kasbi kiyik, arxar, tog' echkisi va boshqa hayvonlarni ovlash bo'lgan.
G'ordan topilgan hayvonlarning 667 ta suyagidan 649 tasi kiyik suyagidir. Ov ko'p odamlar ishtirokini talab qilganligi sababli u ibtidoiy odamlarni birga harakat qilishga jipslashtirgan asosiy omillardan biri edi. Yaralangan yirtqich hayvon bilan olishuvda ko'pincha odamlar halok bo'lganlar, ular qo'lga kiritgan o'ljalarini birga baham ko'rganlar. Ayollar termachilik, ya'ni meva-cheva terish, ildiz kovlash bilan shug'ullangan va mehnat qurollari tayyorlaganlar.
Mashhur antropolog olim va haykaltarosh M. M. Gerasimov bolaning qiyofasini yaratdi, bolaning bosh suyagi juda siqiq, peshonasi yaydoq, past, qosh-qovog'i osilib turadi. Chaynash muskullari baquvvat, iyagi tekis, bosh suyagining holati va bukchaygan qomati o'sha vaqt odamining hali qaddini rostlab yurishga odatlanmaganidan dalolat beradi. U o'z qiyofasi bilan Yevropada yashagan neandertal shaklidagi odamlarga juda o'xshaydi. Uning qabri atrofiga qo'yilgan taka shoxlari bolani go'yo jinlardan himoya qilgan, bu quyosh ramzi bo'lib diniy ahamiyatga ega bo'lganligini tasdiqlaydi. Xuddi shu o'rinda akademik B.G'afurovning fikrlari ancha e'tiborli ko'rinadi, olim Teshiktoshdan topilgan tosh buyumlarni o'rta paleolit davriga oid deb hisoblaydi. G'ordan topilib o'rganilgan uch ming donaga yaqin tosh buyumlardan 339 tasi tugallangan qurollar sirasiga kiradi. Ulardan o'tkir uchli toshlar pichoqqa monand bo'lib, ovlangan hayvonlarni terilashda, daraxtlarni qayta ishlashda foydalangan bo'lishlari mumkin. Bu neandertal odamlar, asosan, tog' takasi, kiyik, ayiq, sirtlon va boshqa mayda hayvonlarni ovlagan, bular mustye davriga to'g'ri keladi. Bundan tashqari bola skleti atrofida tog' takalarining shoxlari yotganligi hodisasi, aftidan maxsus dafn marosimi bo'lganini xotirga tushiradi. Ko'plab tog' g'orlarida qadimiy odam qo'nalg'alari aniqlangani holda, muhimi Turkon(Sherobod)daryo sohillaridagi Boysuntog'ning Teshiktosh g'orlaridan topilgan bola bosh suyaklariga monand boshqa suyaklar hali hanuz butun boshli Markaziy Osiyoda topilganicha yo'q. Qadimshunos olimlarning fikri va xulosasiga ko'ra Teshiktosh g'oridagi hayot mezolit davrida ham davom etgan. Madaniy qatlamning qalinligi 40 m cha bo'lib, undan tog' echkisi, ayiq, toshbaqa suyaklari hamda kremniy, chaqmoqtosh, ohaktosh, qumtosh, yashma, kvarsit va boshqa vulqoniy tosh jinslaridan ishlangan turli xil tosh qurollari topildi. Toshdan yasalgan qurollar ichida paykonlar, qirg'ichlar, tosh pichoqlar va tosh chopqilar bor edi. Bu topilmalar tufayli viloyat aholisining qadimgi hayoti va xo'jalik sohasidagi turmush darajasini aniqlash mumkin. Umuman, Surxondaryo vohasidan qadimgi odamlar yashagan 15 ta yuqori paleolit manzilgohlari topilgan. Teshiktosh yodgorligi O'zbekistonning janubiy hududidan topilgan o'rta paleolit (mustye) davriga oid yodgorlikdir.
Viloyat hududida tosh davri yodgorliklari juda ko'p, shunday yodgorliklardan yana biri Amir Temur g'ori xisoblanadi. Bu g'or Teshiktosh g'origa ancha yaqin joylashgan bo'lib, asosan o'rta tosh davriga oiddir. Amir Temur g'oridan topilgan tosh qurollar Teshiktosh g'oridan topilgan tosh qurollarga ancha o'xshashdir. Amir Temur g'orida yashagan ibtidoiy odamlar ovchilik va termachilik mashguloti bilan shug'ullangan. G'orda olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida bu yerdan juda ko'plab hayvon suyaklarining topilishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. O'rta tosh davriga kelib, iqlimning isishi natijasida ibtidoiy odamlar faqatgina g'orlarda yashab qolmasdan, balki pasttekisliklar va vodiylarga ko'chib chiqib makon qura boshlaganlar. Bu davrda ular qorin ilinjida ov o'ljalari izidan yurib, ularni ta'qib etib, asosan daydi hayot kechirganlar. Muhimi Amir Temur g'ori qatlamlaridan eni 1-1,5 metr keladigan gulxan, ?g'och, ko'mir qoldig'i topilgan. Bu joy past va zahdigi tufayli neandertal ovchilarining vaqtinchalik qo'nilgohi bo'lgan bo'lsa kerak.
Viloyatning o'rta tosh davriga oid pasttekisliklarida joylashgan arxeologik yodgorliklar qatoriga ko'hna Termiz atroflari, Ayritom hamda To'palang daryosi havzalaridan topib o'rganilgan ibtidoiy davr odamlari manzilgohlarini ham misol qilib ko'rsatish mumkin. Ushbu mazilgohlardan toshdan va suyakdan yasalgan juda ko'plab ov qurollari topildi hamda atroflicha tahlil etilib, tegishli xulosalar o'rtaga tashlandi. Surxondaryo viloyatida yuqori paleolit davri yodgorliklari asosan, To'palang daryosi vohasi atrofida o'rganib tadqiq etildi. Hozirgi To'palang daryosi suv ombori hududida beshta manzilgohdan yuqori paleolit davriga oid tosh qurollari topildi, ular orasida uchrindilar, parrak uchrindilar va qirg'ichlar mavjud.
Viloyatdagi yana bir qadimiy makon Machay g'ori mezolit, ya'ni o'rta tosh davrining yirik yodgorligi bo'lib, Boysun tog'i etaklaridagi Machay soyining yuqorisida joylashgan. Machay g'orida ovchilar va baliqchilar jamoasi yashagan, ushbu yodgorlik 1938-1941 yillarda G.V.Parfyonov tomonidan ochib o'rganildi. 1937 yilda arxeolog A.P.Okladnikov mustye davriga oid ikkita qatlamni ochib ilmiy izlanishlar olib bordi. Arxeolog O'. Islomov 1970-1971 yillarda Machay g'orini o'rganib, undan topilgan tosh va suyakdan yasalgan qurollar mezolit davriga oid ekanligini isbot qildi.
Mezolit bosqichining eng muhim manzilgohlaridan hisoblangan Machay g'ori o'rta tosh davrining miloddan avvalgi VII-VI ming yilliklariga oid bo'lib, bu manzilgoh yuqori Machay va quyi Machay qishloqlari oralarida joylashgan. Arxeologik qazuv ishlari na-tijasida bu yerdan juda ko'plab turli shakllarda toshgan yasalgan ov qurollari hamda tosh pichoqlar, shuningdek, suyakdan yasalgan bigiz, igna va ko'plab miqdorda hayvon suyaklari hamda inson suyaklari topib o'rganildi. Antropolog olim T. K. Xo'jayevning fikriga ko'ra, Machay g'orida yashagan odamlar antropologik jihatdan yevropoid irqiga mansubdir. Machay g'orida yashagan ibtidoiy odamlar, asosan, o'zlashtiruvchi xo'jalikning ovchilik va termachilik mashg'ulotlari bilan shug'ullanganlar. Qolaversa, shu davrda yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni ham aynan mustye davrida sodir bo'lib, Machay g'oridan topilgan suyak qoldiqlari ham bu fikrni to'liq isbotlaydi. Qizig'i, bu yodgorlik o'sha davr kishilarining suyak qoldiqlari asosida insoniyatning antropologikqiyofasini va hayvonot dunyosini o'rganishda bebaho manba hisoblanadi. G'ordan ko'plab tog' echkisi, katta va kichik shoxli hayvon suyaklari topilib o'rganildi va natijada VIII-VII minginchi yillarda Machay g'orida yashagan odamlar hayvonlarni xonakilashtirishga o'tganligidan dalolat beradi. Tag'in esa o'sha odamlar, ya'ni sizu bizning qadimiy ajdodlarimiz tabiatdagi mavjud tayyor narsalarni o'zlashtiribgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish iqtisodiga ko'nikma hosil qila boshlagan ekanlar.
Eng muhim va dolzarb tomoni shundaki, ushbu g'ordan ibtidoiy ajdodlarimiz qo'li bilan yasalgan va ularning o'zlari ehtiyojlariga yarasha ishlatgan tosh qurollar fan olamiga olib kiritildi. Bu tosh qurollari Markaziy Osiyoning, ayniqsa boshqa mezolit davri manzilgohlaridan topilgan tosh qurollaridan yasalgan usuli va shakllari jihatidan farq qiladi. O'rganib tadqiq etilgan yuqoridagi tosh qurollari mezolit davrining o'ziga xos madaniyatini tashkil etadi va bu esa fanda Machay madaniyati nomini oldi.
Demak, Surxondaryo viloyatida eng qadimgi paleolit davridan boshlab, hozirga qadar inson hayoti va madaniyati uzluksiz davom etib kelmoqda ekan.

7 комментариев:

  1. I am very thankful for the effort put on by you, to help us, Thank you so much for the post it is very helpful, keep posting such type of Article.
    VyprVPN Crack
    Dragon Ball Z Kakarot
    PassFab iPhone Backup Unlocker Crack

    ОтветитьУдалить
  2. Here at Karanpccrack, you will get all your favourite software. Our site has a collection of useful software. That will help for your, Visite here and get all your favourite and useful software free.
    IDM 6.40 Build 9 Crack

    ОтветитьУдалить
  3. Very Interesting Article. It would be great if you can provide more details about this Article . Thanks You
    ZD Soft Screen Recorder Crack

    ОтветитьУдалить